Kontent qismiga oʻtish

Vikipediya:Qumloq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya


Jontemir Toshtemirov — 21-asr yangi o'zbek she'riyatining namoyondalaridan biri. 1994-yilda Qashqadaryo viloyatida tug'igan. 2020-yil "Duel" ijodiy tanlovida g'olib bo'lgan.

Biografiyasi[manbasini tahrirlash]

Jontemir (hozirda Jontemir Jondor nomi ostida ijod qiladi) Toshtemirov 1994-yilning 18-sentyabr kuni Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanida tavallud topgan. 2013-yil Qarshi Davlat Universiteti qoshidagi 2-akademik litseyni tamomlagan. Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika universitetida tahsil olgan. "Daryo" gazetasida adabiy xodim sifatida ham faoliyat yuritgan. 2020-yilda "Duel" yosh ijodkorlar va shoirlar tanlovida g'alaba qozongan.

Jontemir o'zbek she'riyatining yangi vakillaridan biri hisoblanadi. Ilk she'riy to'plami "She'rlar" nomi bilan nashr etilgan bo'lib, unga 2014-2016-yillar daftarlaridan deb izoh berilgan. "Darvesh qo'shig'i" nomli kitobi 218-yilda "Akademnashr" nashriyoti tomonidan chiqarilgan. Uning navbatdagi she'riy kitobi "Izlam" to'plamidan joy olgan bo'lib, u ham "Akademnashr" tomonidan nashr etilgan.

She'riy to'plamlari[manbasini tahrirlash]

"She'rlar" (2014-2016-yillar) "Darvesh qo'shig'i" (2018) "Jazba" (2022)